Fikr

«Parker vasvasasi»: sodda odamlar yana millionlarga kuyib qoldi, masʼul organlar esa tomoşabinmi?

Matn26-mart, 2024, 10:333 daqiqa0 koʻrishtahrirlangan

"Parker vasvasasi": sodda odamlar yana millionlarga kuyib qoldi, masʼul organlar esa tomoşabinmi?

Yaqinda xabar topdim, Özbekistonda sönggi oylarda Parker nomi ostida öta şubhali "biznes" avj olibdi. "Parker" moliyaviy piramidaning barça belgilariga ega: nima faoliyat yuritişi, asosçilari nomaʼlum, lekin qisqa fursatda tez boyib ketişni vaʼda qiladi.

1️⃣ Aqlga siğmaydigan katta daromad

Masalan, Parkerʼga 1350 dollar pul tiksa kuniga 34 dollar, yiliga esa 12 ming dollar daromad qilişi aytiladi. Agar 47 ming dollar pul tiksa, yiliga 428 ming dollar daromad berişi vaʼda qilinadi.

Odamlar tikayotgan pullar esa, ertaga izini topib bölmasligi uçun, öşa zahoti kriptovalyutaga aylantirilib, xorijdagi hisob raqamga yuborilgan.

2️⃣ Daromad qayerdan keladi?

"Parker"ga pul tikkanlar qanaqadir Power bank — telefon zaryadlagiçlar orqali daromad topişi aytiladi. Yaʼni pulingizga dunyoning qaysidir burçagida Power bank sotib olinadi va odamlar öşandan foydalanib, pul tölasa, siz daromad qilasiz. Bu ğirt "loxotron"!

Yodingizdami, Solar City, Tesco Share degan firibgarlar haqida yozgandim, ular ham xuddi şu usulda işlagandi, yaʼni siz tikkan pulga dunyoning qayeridadir quyoş paneli sotib olinadi, undan topilgan daromad sizga beriladi🤦‍♂️ Safsata!

Odamlarga "oson pul topasan" desa aqldan ozib qolişiga yaqqol misol bu.

3️⃣ Şahar bedarvozami?

Eng alam qiladigani, Parker nomi ostida Özbekistonda önlab ofis oçilgan, yuzlab katta-katta ommaviy tadbirlar uyuştirilgan, ularda ön minglab odamlar qatnaşgan. Tadbirlarning barçasiga xorijdan pul tölangan.

Masalan, birgina Samarqanddagi tadbirda ming kişi qatnaşgan.

Şahar şunçalik bedarvozami? Kim özi bular? Orqasida kim turibdi? Nahotki tegişli organlar bu bilan qiziqmagan? Ommaviy tadbir ötkaziş uçun ruxsat olişganmidi?

Xorijdan pul tölaydigan istalgan şubhali odamlar mana şunaqa osongina minglab odamlarni töplay oladimi? Zör-ku! Xudo körsatmasin, şunça odamni yiğib, Rossiyadagiga öxşab terakt qilişsaçi? Şumi bizning xavfsizlik?

Menga alam qiladigani, Parker degan biznes şubhali ekanligi haqida OAVlarda, jumladan KunUz naşrida 2 oy oldin maqola çiqqan ekan. Lekin kiberxavfsizlikka masʼul taşkilotlar şu paytgaça bunga tezkor çora körmagan, natijada mana şu 2 oyda balki minglab odamlar aldanişiga olib kelgan. Agar tezda çora körilganda, qança odamlar pulini asrab qolsa bölar edi.

4️⃣ Moliyaviy piramida oxiriga yetib keldimi?

Ijtimoiy tarmoq foydalanuvçilarining yozişiça, sönggi kunlarda saytdan pul yeçiş töxtab qolgan, biznesda adminlik qilgan odamlarning Telegram profillari esa öçib ketgan. Demak, hammasi tugadi.

Albatta, bu kutilgan voqea. Çunki bu kabi moliyaviy piramidalar uzoği 3-4 oy işlab, keyin yopilib ketadi. Keyinroq umuman boşqa nomda, boşqaça faoliyat bilan yana kirib keladi va sodda odamlarning pullarini yana "şilib" ketadi.

5️⃣ Power bank biznesi — dunyoda maşhur firibgarlik usullaridan biri

Internetda qidirsangiz, Power bank bilan boğliq firibgarlik biznesi haqida turli mamlakatlardan xabarlar kelib çiqadi.

Masalan, 🇮🇳Hindistonda ED nomli kompaniya xuddi şunaqa Power bank sotvolib, pul topasan degan vaʼdalar bilan 2021-yilning martidan may oyigaça, yaʼni 3 oy içida odamlardan jami 41 mln dollar mablağlarni özlaştirib, qoçib qolişgan ekan.

6️⃣ "Lox" bölmang, sal kallani işlating

Hurmatli, döstlar!

Iltimos, baraka topgurlar, bizga pullaringni işonib, falon narsaga investitsiya kiritsang, oson pul topasan, boyib ketasan, desa oğzingizdan sölagingiz oqib, yugurib ketavermanglar.

Pulni qiynalib topasizku, nega bunçalik oson yöqotasiz? Xudo xayringizni bersin, iltimos, sal kallani işlatinglar. Oson pul yöq, ayniqsa internet orqali heç narsa qilmasdan pul topişning iloji yöq.

Nahotki, sizga şunça voqealar dars bölmaydi, a?

❗️Boşqa firibgarlik usullarini kanalimda #firibgar heştegi bilan qidirib, öqib çiqişingiz mumkin. Ogoh böling.

👉 @xushnudbek 👈

Telegram

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

@xushnudbek