Mehribonlik uyi va Bolalar şaharçasining bitiruvçilari uçun qöşimça kvota

Hujjat29-iyul, 2024, 18:592 daqiqa0 koʻrish

Mehribonlik uyi va Bolalar shaharchasi - 2024.pdf

PDF · 230 KB

Yuklab olish

Mehribonlik uyi va Bolalar şaharçasining bitiruvçilari uçun qöşimça kvota
#abituriyent

Respublika böyiça jami 1 ming 949 ta qöşimça kvota ajratildi.

▪️Taʼlim şakllari kesimida:

➖ kunduzgi — 1 280 ta;
➖ sirtqi — 521 ta;
➖ keçki — 92 ta;
➖ masofaviy — 56 ta.

❓Uşbu kvota kimlar uçun taalluqli?

• Mehribonlik uyi va Bolalar şaharçasining bitiruvçilari bölgan çin yetimlar;
• SOS — bolalar mahallalari va oilaviy bolalar uylari bitiruvçilari;
• 25 yoşgaça bölgan vasiylikka, homiylikka yoki oilaga tarbiyaga olingan (patronat) yetim bolalar (25 yoşga tölmagan).

❗️ESLATMA: uşbu imtiyozli kvotalar tanlangan beşta yönalişga ham ötadi. Oddiy holatda faqat birinçi yönalişga taalluqli bölar edi, ammo ota-ona qaramoğisiz qolgan bolalar uçun istisno sifatida beşalasiga ham ötişi belgilangan.

❓Bu yerda faqat OTM nomi bor ekan, lekin yönalişlar yöq-ku?

Imtiyozli kvota yönalişlar kesimida emas, OTMlar kesimida berilgan. Bu qanday böladi?

Masalan, Iqtisodiyot universitetining kunduzgi şaklida ota-ona qaramoğisiz qolgan bolalar uçun 46 ta kvota ajratilgan. Aytaylik, şu toifadagi 100 nafar abituriyent TDIUga topşirgan. Ular turli yönalişlarni tanlaşgan, kimdir iqtisodiyot, kimdir marketing, kimdir bank işi va h.k.

Yönalişidan qatʼi nazar, mana şu 100 nafar abituriyentlar orasida eng köp ball töplagan 46 nafar abituriyent davlat granti asosida qöşimça kvotaga öqişga kiradi. Qolgan 54 nafar ota-ona qaramoğisiz qolgan bolalar esa özi töplagan bali böyiça umumiy tartibda barça bilan bellaşadi. Bali yetsa, ular ham grant yoki kontraktga kirişlari mumkin.

❓Bu toifadagilarga ball qöşib beriladimi?

Yöq, heç qanaqa ball qöşib berilmaydi.

👉 @xushnudbek 👈

Telegram

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

@xushnudbek