Konsert, sport musobaqalari va boşqa ommaviy tadbirlarni ötkaziş tartibi özgarişi mumkin
❗️Konsert, sport musobaqalari va boşqa ommaviy tadbirlarni ötkaziş tartibi özgarişi mumkin
Içki işlar vazirligi tomonidan ommaviy tadbirlarni ötkaziş tartib-taomillarini takomillaştirişga oid hukumat qarori loyihasi jamoatçilik muhokamasiga qöyildi.
Loyihada nazarda tutilişiça:
➖ 100 va undan ortiq kişi qatnaşadigan konsert, sport musobaqalari, festivallar va boşqa ommaviy tadbirlar uçun yangi qoidalar belgilanadi;
➖ reklama, aksiya va boşqa maqsadlarda oziq-ovqat, buyum va boşqa mahsulotlarni bepul tarqatiş yoki haddan taşqari arzon narxda sotiş orqali odamlarni ommaviy tadbirga jalb qiliş taqiqlanadi;
➖ madaniy tadbirlar, köngiloçar-tomoşa dasturlari va sport musobaqalariga çiptalar elektron şaklda sotiladi. Bu çiptalarni belgilanganidan yuqori narxda qayta sotiş va qalbakilaştirişning oldini olişga qaratilgan;
➖ ruxsatnoma olinmagunça taşkilotçiga tadbir haqida eʼlon beriş, reklama qiliş, uning sanasi va joyini maʼlum qiliş hamda çipta sotiş taqiqlanadi;
➖ tadbirlarda odamlar oqimini nazorat qiliş, ularning ommaviy töplaniş va ziçlaşuvini hamda bu bilan boğliq xavflarni barvaqt aniqlaş uçun dronlardan foydalaniladi;
➖ qonunçilikka köra, ommaviy tadbirlar qoidalarini buzganlarning tadbirlarga kirişini jinoyat işlari böyiça sud vaqtinça çeklaşi mumkin. 2027-yildan bunday şaxslarning elektron hisobi yuritiladi.
ℹ️ Muhim: uşbu qoidalar yiğiliş, miting, köça yurişlari va namoyişlarni, şuningdek, töy, oilaviy, yubiley tadbirlari va vafot etganlar xotirasiga bağişlangan aza marosimlarini ötkazişga tatbiq etilmaydi.
⌛️ Muhokama 20-noyabrga qadar davom etadi.
👉 @xushnudbek 👈

