«Özbekiston ehtiromi» ordeni taʼsis etiladi
🎖“Özbekiston ehtiromi” ordeni taʼsis etiladi
Bu böyiça qonun senatorlar tomonidan maʼqullandi.
Hujjatga muvofiq, ikki darajali — “Oliy darajali Özbekiston ehtiromi” va “Özbekiston ehtiromi” ordenlarini taʼsis etiş nazarda tutilmoqda.
➖ “Oliy darajali Özbekiston ehtiromi” ordeni Özbekiston oldidagi alohida eʼtirof etilgan yuksak xizmatlari uçun xorijiy davlat va hukumat, xalqaro taşkilotlar rahbarlari, xorijiy davlatlarning atoqli davlat va jamoat arboblariga beriladi;
➖ “Özbekiston ehtiromi” ordeni bilan esa mamlakatning xalqaro nufuzini oşiriş va turli sohalardagi hamkorlikni rivojlantirişga munosib hissa qöşgan xorijiy davlat va jamoat arboblari, yirik kompaniyalar rahbarlari, xorijiy davlatlarning Özbekistondagi elçilari, xalqaro taşkilotlar rahbarlari va vakillari hamda xorijiy davlatlar fuqarolari mukofotlanadi.
👉 @xushnudbek 👈
- 2 Telegram Stars


