Toşkent viloyati Soliq boşqarmasi xodimi 1 mln 50 ming dollar talab qilgani aniqlandi
Toşkent viloyati Soliq boşqarmasi xodimi 3,5 gektar yerni olib beriş uçun 1 mln 50 ming dollar talab qilgani aniqlandi
U Nurafşon şahridagi xususiy korxonaga tegişli 3,5 gektar noturar yer maydonidan iborat qurilişi tugallanmagan sexni yuridik şaxsdan xaridor nomiga ötkaziş va şu yerda quriliş olib boriş uçun 34 da davlat idorasidan ruxsatnoma olib berişni vaʼda qilgan.
Buning uçun 1 mln 50 ming dollar talab qilib, oldindan 40 ming dollarni olayotganda uşlangan.
Uşbu şaxsga nisbatan Jinoyat kodeksining 168-moddasi 4-qismi “a” bandi va 28-211-moddasi 3-qismi “a” bandi bilan jinoyat işi qözğatilgan.
👉 @xushnudbek 👈


