Özbekiston hukumati energetika sohasini rivojlantiriş uçun 300 mln dollar kredit jalb qildi

Matn19-noyabr, 2026, 09:491 daqiqaTelegramʼdagi körişlar: 31,3 ming

Özbekiston hukumati energetika sohasini rivojlantiriş uçun 300 mln dollar kredit jalb qildi

17-noyabr kuni Yangi taraqqiyot banki Özbekiston hukumati bilan past uglerodli energetikani rivojlantiriş loyihasining birinçi bosqiçi uçun 300 mln dollarlik kredit bitimi imzolanganini eʼlon qildi.

Loyiha elektr energiyasiga ortib borayotgan talabni qondiriş, tabiiy gazga qaramlikni kamaytiriş va energetik xavfsizlikni mustahkamlaşga qaratilgan. Kredit hisobidan quyoş, şamol, gidro va atom energetikasi loyihalari moliyalaştiriladi.

ℹ️ Maʼlumot uçun, Yangi taraqqiyot banki 2015-yilda Braziliya, Rossiya, Hindiston, Xitoy va JAR tomonidan taşkil etilgan. Özbekiston bankning eng yangi aʼzosi va Markaziy Osiyodan birinçi aʼzo davlat hisoblanadi.

👉 @xushnudbek 👈

Telegram

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

@xushnudbek733 ming obunaçi