Rasman

Yunusobodda PPX xodimiga piçoq bilan hujum qilgan şaxs uşlandi

Foto19-may, 2025, 21:271 daqiqa0 koʻrishtahrirlangan

Içki işlar vazirligining rasmiy bayonoti:

Joriy yilning 19-may kuni soat taxminan 18:30 larda Yunusobod tumani Yunusobod dehqon bozori hududida xizmat olib borayotgan Yunusobod tumani IIO FMB Post-patrul xizmati inspektori safdor I.Ibragimov yer osti tuşiş yöli oldida ötib ketayotgan fuqaro özining xatti-harakatlari bilan şubha uyğotganligi sababli, uni töxtatib tekşirayotgan vaqtida, yonida bölgan piçoq bilan tösatdan xodimga hujum qilib, böyin qismiga jarohat yetkazgan.

Xodim tezkorlik bilan kasalxonaga yotqizilib, uning hayotini saqlab qolişga erişilgan. Olib borilgan tezkor tadbirlar natijasida gumondor şaxs uşlanib, aniqlanişiça, u 1963-yilda Jizzax viloyatida tuğilgan, Jizzax viloyati Paxtakor tumani yaşovçi X.A. bölib, 2005-yildan beri ruhiy kasalliklar dispanserida röyxatda turadi.

Hozirda holat yuzasidan Yunusobod tumani prokuraturasi tomonidan Jinoyat kodeksining 25-97 moddasi (qasddan odam öldirişga suiqasd) bilan jinoyat işi qözğatilib, tergov harakatlari olib borilmoqda. Gumon qilinuvçi protsessual tartibda uşlangan.

“Uşbu şaxsning harakatlaridan jabrlangan fuqarolar bölsa, yaqin oradagi içki işlar organlariga yoki 102 qisqa raqamiga murojaat qilişlarini söraymiz”, — deyiladi bayonotda.

👉 @xushnudbek 👈

  • 9 Telegram Stars
Telegram

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

@xushnudbek