Ramazon

2-mart, duşanba (12-kun): Yiğin va majlislar odobi

Matn2-mart, 2026, 17:402 daqiqa0 koʻrishtahrirlangan

2-mart, duşanba (12-kun)
Iftorlik vaqti: 18:19 (Toşkent vaqti) [hududlar farqi]

#ramazon

YIĞIN VA MAJLISLAR ODOBI

Majlisning sirlarini foş qiliş ham odobdan emas.

Balki bu iş xiyonat hisoblanadi. Baʼzi majlislarda, xususan, xos majlislarda hammaga ham aytilişi mumkin bölmagan gaplar gapirilişi mumkin. Bunday gaplarni odamlar örtasida kötarib-tarqatib yuriş ham mumkin emas.

Harom-hariş, gunoh, behuda va odobsiz işlar böladigan majlis va yiğinlarda qatnaşmaslik kerak.

Bunday işlar yakka holatda qanday man qilinsa, yiğin va majlislarda ham şunday taqiqlanadi. Balki bu kabi işlarning köpçilik töplangan yiğinlarda bölişi yanada yomonroqdir.

Amri maʼruf va nahyi munkar ila majlis va yiğinning haqqini ado qiliş kerak.

Yaxşilikka buyurib, yomonlikdan qaytariş juda ham zarur narsa bölgani uçun, bu işga alohida eʼtibor berilgan. Yiğin va majlislarda amri maʼruf bölişi öşa yiğin va majlislarning haqqi ekanini zinhor unutmaslik kerak.

Majlisda sözlayotgan kişining gapiga diqqat bilan quloq soliş lozim.

Bunda köp manfaatlar bor. Sözlanayotganda gapiruvçiga eʼtibor bermaslik, söz qöşiş yoki boşqa gaplarni gapirib turiş, kuliş, gapirilayotgan gapga va uni eşitayotganlarga xalaqit beriş katta beodoblikdir.

***

Xulosa: Ayniqsa, ilm majlislarida odobga qattiq rioya qiliş, ularda nokerak bahs-munozaralardan, ilmda ustunlikni namoyiş qilişdan, sözamollikdan tiyiliş darkor.

Bir donişmanddan: «Nega gapirişdan köra eşitişni yaxşi körasiz?» deb söraşganida u: «Çunki menga ikkita quloq va bitta til ato qilingan», deb javob qaytargan ekan.

Majlisda kim bilan ötirişga ham alohida eʼtibor qilgan maʼqul. Faqih Abu Lays Samarqandiy turli toifadagi kişilar bilan ötirgan kişida maʼlum bir xislat paydo bölişi haqida aytganlar. Jumladan, boylar bilan ötirgan kişida Alloh dunyoga rağbat va muhabbatni kuçaytiradi, faqirlar bilan ötirgan odamda şukr va taqsimotga rozilikni ziyoda qiladi, solihlar bilan ötirgan odamda toatga rağbatni ziyoda qiladi, olimlar bilan ötirgan kişida ilmni kuçaytiradi.

Alloh taolo barçamizni yiğin va majlislar odoblariga rioya qilib, ulardan köp manfaatlar va ajru savoblar olişimizni nasib etsin.

Şayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusufning «Ijtimoiy odoblar» kitobidan.

👉 @xushnudbek 👈

  • 6 Telegram Stars
Telegram

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

@xushnudbek