Ramazon

21-fevral, şanba (3-kun) Iftorlik vaqti: 18:08. Botil va uyatsiz sözlardan tiyiliş

Matn21-fevral, 2026, 17:382 daqiqa0 koʻrishtahrirlangan

21-fevral, şanba (3-kun)
Iftorlik vaqti: 18:08 (Toşkent vaqti) [hududlar farqi]

#ramazon

BOTIL SÖZGA KIRIŞIŞ

«Botil söz» içkilikbozlik majlislari va fosiqlarning qilmişlariga öxşaş narsalar haqidagi gaplardir. Janjal va tortişuvlar ham botil gapga yaqin turadi. Ularda odatda birovning xatosini isbotlaş uçun nizolaşiladi. Bunga esa asosan birovdan ustun keliş istagi sabab böladi.

Agar masala dinga tegişli bölsa, munkar narsani inkor qiliş va töğrisini bayon qilib beriş zarur. Ammo gap dunyo töğrisida bölsa, talaşib-tortişib ötirişning keragi ham, foydasi ham yöq. Bu ofatning davosi öz fazlini izhor qilişga sabab bölgan kibrni sindirişdan iborat.

Janjal va tortişuvlardan ham kattaroq ofat xusumat qilişdir. Ayniqsa, botil yöl bilan va ilmsiz ravişda xusumat qiliş juda yomon iş sanaladi. Çunki xusumat qalblarni hasadga töldiradi, ğazabni qözğatadi va birovlarning obrösini tökiş, şaʼniga til tekkizişgaça olib boradi. Şuning uçun haq egasi ham, iloji boriça, xusumatdan özini olib qoçgani afzal.

UYATSIZ SÖZLARNI SÖZLAŞ

Soğlom tabiat nafratlanadigan va mustaqim aql nuqson sanaydigan sözlarni gapiriş ulkan qabihlikdir. Bunday sözlarning barça-barçasini Alloh harom qilgan.
Fahş sözlarni gapiriş, şarmsiz sözlarni tilga oliş çirkinliklar manbai va yomonliklar uyasi bölib, ularni qöllagan kişi eng odobsiz kişi sanaladi. Şariatimizda bu narsalar butunlay man qilingan.

Oişa roziyallohu anhodan rivoyat qilinadi:

«Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «...albatta, Alloh fahş va sökişni xuş körmaydi», dedilar».

Muslim rivoyat qilgan.

Fahş va uyatsizlik köp hollarda behayo gaplarni oçiq-oydin aytiş bilan böladi. Odatda, bu narsalar jinsiy aloqaga oid gaplarni şarmsizlik ila gapiriş orqali yuzaga çiqadi. Solih insonlar bunday iboralarni umuman işlatişmaydi.

Befoyda, bemaʼni gap-sözlar qaynaydigan, safsata va ğiybat tölib-toşgan, şariatimizda man etilgan qimor, içkilikbozlik, masxaraomuz yoki behayo suhbatlar uçungina töplanadigan davralardan uzoqda yuriş lozim.

Şayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusufning «Ijtimoiy odoblar» kitobidan.

👉 @xushnudbek 👈

  • 5 Telegram Stars
Telegram

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

@xushnudbek