Millionlab Özbekiston farzandlarining kelajagi haqida maktub

Matn23-noyabr, 2026, 22:001 daqiqaTelegramʼdagi körişlar: 8,2 mingSaytdagi körişlar: 2tahrirlangan
Javob berilgan xabar: Xushnudbek.uzDavlat rahbari Iordaniyaga parvoz vaqtida nabirasiga maktub yozib, xizmat safari sabablari va Özbekiston bolalari kelajagi haqidagi öylarini bayon qildi.

Millionlab Özbekiston farzandlarining kelajagi haqida maktub

Prezident Şavkat Mirziyoyevning Iordaniyaga parvoz davomida nabirasi Şavkatbekka yöllagan maktubi Özbekiston siyosiy hayotida kamdan-kam uçraydigan voqelik. Unda davlat rahbari nafaqat öz nabirasi, balki unga öxşagan millionlab Özbekiston farzandlarining kelajagi haqidagi mulohazalarini, bobo sifatidagi nasihatlarini bayon etgan.

Davlat rahbari yoş avlodni tarix va ötmişni unutmaslikka, vaqtni qadrlaşga, öz ajdodlari bilan ğururlanişga hamda doimo ilm olişga intilişga çaqiradi. Maktubda taʼlim, milliy özlik, vatanparvarlik va kelajak avlod oldidagi masʼuliyat kabi masalalarga alohida urğu berilgan.

Maktub har bir ota-ona, bobo va buvining könglidagi xavotirlarga ham javob izlaydi. Masalan, zamonaviy texnologiyalar va sunʼiy intellektning bolalar hayotidagi örni haqida fikr yuritar ekan, Prezident: “Zamonaviy gadjetlar va sunʼiy intellektdan unumli foydalan, ammo ularga qaram bölib qolişdan ehtiyot böl!” deb taʼkidlaydi.

Tarbiyaning ortiqçasi bölmaydi. Şu bois maktubda odamiylik, mardlik, oriyat, vatanparvarlik, halollik, kamtarlik, mehnatsevarlik va oliyjanoblik kabi fazilatlar alohida uluğlanadi.

Maktub samimiy ruhda bitilgan. Unda Şavkat Mirziyoyevning davlat rahbari va bobo sifatidagi qaraşlari, hayotiy tajribasi, siyosiy falsafasi, ezgu tilak va nasihatlari mujassam. Şu maʼnoda bu birgina nabirasiga emas, butun mamlakatning yoş avlodiga qaratilgan murojaatdir.

Özingiz ham öqib köring: https://president.uz/oz/lists/view/9882

👉 @xushnudbek 👈

Telegram

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

@xushnudbek699 ming obunaçi