Muhim

Milliy gvardiyaning qöriqlaş faoliyatiga oid vakolatlari kengaytiriladi

Albom26-noyabr, 2026, 17:202 daqiqaTelegramʼdagi körişlar: 19,5 ming

❗️Milliy gvardiyaning qöriqlaş faoliyatiga oid vakolatlari kengaytiriladi

Şavkat Mirziyoyev bu böyiça taqdimot bilan tanişdi.

Unga köra, Milliy gvardiya tomonidan qöriqlanişi mumkin bölgan obyektlar turlarini 13 tadan 24 taga yetkaziş, jismoniy va texnik qöriqlaş, tansoqçilik hamda turli tadbirlarda jamoat tartibini saqlaş böyiça xizmatlar körsatiş imkoniyatlarini kengaytiriş taklif qilindi.

Şu bilan birga, majburiy tartibda qöriqlanişi lozim bölgan obyektlar toifalarini qonunçilikda belgilaş, idoraviy qöriqlaş bölinmalarining huquq-tartibot organlari bilan özaro hamkorligi tartibini takomillaştiriş nazarda tutilmoqda.

Taklif etilayotgan çora-tadbirlar natijasida 2027-yilda qöriqlaşga olingan obyektlar sonini 600 mingtaga, tezkor harakatlanuvçi guruhlar sonini 800 taga yetkaziş, qöşimça 1,5 mingta mahallada patrullik xizmatini taşkil etiş maqsadida qöriqlaş xizmati xodimlari sonini 8 mingtaga oşiriş maqsad qilingan.

👉 @xushnudbek 👈

Telegram

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

@xushnudbek697 ming obunaçi