Jahon banki Özbekistondagi islohotlarni qöllab-quvvatlaş uçun 800 mln dollar ajratilişini maʼqulladi

Matn26-noyabr, 2026, 10:101 daqiqaTelegramʼdagi körişlar: 83,6 mingSaytdagi körişlar: 1

🏦 Jahon banki Özbekistondagi islohotlarni qöllab-quvvatlaş uçun 800 mln dollar ajratilişini maʼqulladi

Mablağlar yuqoriroq haq tölanadigan iş örinlarini yaratiş, xususiy sektor rolini kengaytiriş va ekologik toza iqtisodiy ösişga qaratilgan islohotlarga yönaltiriladi.

Dastur doirasida 2028-yilgaça:

🔹 qöşimça 500 ming foydalanuvçini keng polosali internet bilan taʼminlaş;

🔹 elektr energiyasi isteʼmolçilarining 15 foiziga xususiy operatorlar boşqaruvidagi taqsimlaş tarmoqlari orqali xizmat körsatiş;

🔹 fermer va çorvadorlarning 35 foizini qişloq xöjaligi suğurtasi bilan qamrab oliş;

🔹 energiya samaradorligini oşirişga 10 mln dollar xususiy investitsiya jalb etiş;

🔹 taqsimlangan qayta tiklanuvçi energiya manbalari quvvatini 3 ming MVtga yetkaziş közda tutilgan.

Şuningdek, ijtimoiy suğurta qamrovini kengaytiriş, davlat korxonalarini isloh qiliş va taşqi savdo tartib-taomillarini soddalaştiriş nazarda tutilgan.

Mazkur çora-tadbirlar natijasida 2029–2031-yillarda qöşimça 275 mingta sifatliroq iş örni yaratilişi kutilmoqda.

👉 @xushnudbek 👈

Telegram

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

@xushnudbek697 ming obunaçi