Muhim

Özboşimçalik bilan egallangan yer va binolarga huquqlarni eʼtirof etiş töğrisidagi qonun imzolandi

Matn6-avgust, 2024, 20:072 daqiqa0 koʻrish

❗️Prezident tomonidan “Özboşimçalik bilan egallab olingan yer uçastkalariga hamda ularda qurilgan binolar va inşootlarga bölgan huquqlarni eʼtirof etiş töğrisida”gi Qonun imzolandi

Qonunga köra, fuqarolar quyidagi köçmas mulklarni öz nomiga (ijara va mulk huquqi asosida) qonuniy ötkazib olişi mumkin:

➖2018-yil 1-may kunigaça yakka tartibdagi uy-joy qurib özboşimçalik bilan egallagan yer hamda undagi bino va inşootlar;

➖2018-yil 1-may kunigaça fuqarolar va taşkilotlar tomonidan hujjatda körsatilgan maydondan ortiqça egallangan yer hamda undagi bino va inşootlar;

➖“bir martalik aksiya” doirasida huquqlarni eʼtirof etiş oxiriga yetmagan yer hamda undagi bino va inşootlar;

➖2021-yil 8-iyunga (hokimlarning vakolati bekor qilinguniga) qadar tuman (şahar) hokimlari qarori bilan ajratilgan, lekin viloyat hokimi yoki xalq deputatlari Kengaşi tomonidan tasdiqlanmagan yer;

➖boğdorçilik va uzumçilik şirkatlari hududidagi turar joylar hamda ular egallagan yer;

➖kiçik sanoat zonalari hududiga 2020-yil 9-martgaça joylaştirilgan tadbirkorlarning yeri;

➖davlat orderi bilan xususiylaştirilgan binolar va uylar egallagan yer;

➖hokim qarori bilan mulk huquqi eʼtirof etilgan binolar va uylar egallagan yer uçastkasi.

✅ Köçmas mulkni qonuniylaştiriş uçun ular quyidagi talablarga javob berişi lozim:

• yer boşqa şaxsga ajratilmagan yoki auksionga çiqarilmagan bölişi;
• yer uçastkasidan foydalanişda nizo mavjud emasligi;
• yer va mol-mulk soliği böyiça qarzdorlik mavjud emasligi;
• muhofaza zonasida, suğoriladigan yerda joylaşmaganligi;
• boş reja talablariga zid emasligi (mavjud bölsa);
• har bir kategoriyaga xos boşqa şartlar (investitsiya majburiyati bajarilganligi, şirkat aʼzosi hisoblanişi va boşqalar).

📌Qonun 3 oydan söng kuçga kiradi.

👉 @xushnudbek 👈

Telegram

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

@xushnudbek