ÖzLiDeP mafkurasi va siyosiy dasturini qayta körib çiqadi
ÖzLiDeP mafkurasi va siyosiy dasturini qayta körib çiqadi
Partiyaning dekabr oyida bölib ötadigan kongressida uning mafkuraviy qaraşlarini davr talabiga moslaştiriş masalasi muhokama qilinadi.
Partiya şu paytgaça asosan liberal ğoyalar, tadbirkorlik va xususiy mulkni himoya qilib kelgan. Endilikda ziyolilar, taʼlim, tibbiyot, madaniyat, sport va OAV vakillari, yoşlar hamda ayollar manfaatlarini ham ifoda etiş rejalaştirilmoqda.
Yangi siyosiy dasturda yuqori texnologiyali va kreativ iqtisodiyotni rivojlantiriş, suv va tabiatni asraş, xususiy mulk daxlsizligini taʼminlaş, investitsiyalarni jalb qiliş, bandlik va daromadlarni oşiriş masalalari nazarda tutilgan.
Kongress kun tartibiga yangi siyosiy dastur, ustav va taşkiliy tuzilma masalalari ham kiritilgan.
👉 @xushnudbek 👈

