Toşkentda avtobuslarda yöl haqini tölamaganlardan 3,6 mlrd sömdan ortiq jarima undirildi

Matn25-noyabr, 2026, 15:251 daqiqa0 köriş

🚌 Toşkentda avtobuslarda yöl haqini tölamaganlardan 3,6 mlrd sömdan ortiq jarima undirildi

Transport vazirligi ma’lumotiga köra, 2026-yil 1–22-noyabr kunlari poytaxt avtobuslarida yöl haqini tölaş qoidalarini buzganlik uçun 19 ming 457 ta ma’muriy bayonnoma rasmiylaştirilgan. Yil boşidan buyon esa rasmiylaştirilgan bayonnomalar soni 158 ming 237 taga yetgan.

💵 22-noyabr holatiga köra, undirilgan jarimalar miqdori 3 mlrd 661 mln sömdan oşgan. Şundan 449 mln 893 ming sömi noyabr oyining dastlabki 22 kuniga töğri keladi.

Poytaxt jamoat transportida tölov intizomiga rioya etilişi böyiça nazorat tadbirlari davom ettirilmoqda.

👉 @xushnudbek 👈

Telegram

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

@xushnudbek698 ming obunaçi