Bir yillik maktabga tayyorlov kurslari qanday taşkil etiladi?
❓ Bir yillik maktabga tayyorlov kurslari qanday taşkil etiladi?
Taʼlim va ilm-fan vazirligi bir yillik maktabga tayyorlov kurslari yuzasidan berilgan savollarga javob berdi.
Unga köra:
➖ tayyorlov guruhlari boğçalarda va maktablarning böş sinfxonalarida taşkil etiladi. Olis hududlarda boğça va maktab bölmasa, “Kelajak” markazi, texnikum yoki boşqa ijtimoiy soha obyektlarida ham qatʼiy talablar asosida guruhlar oçilişi mumkin;
➖ boğçaga qatnayotgan bola tayyorlov maşğulotlarini öşa boğçada ötaydi;
➖ maşğulotlarni oliy maʼlumotli pedagog-tarbiyaçi yoki oliygohning maktabgaça taʼlim yönalişida bitiruvçi kursda öqiyotgan talaba olib boradi;
➖ maktab binosida oçilgan tayyorlov guruhi uçun alohida pedagog işga olinadi. Maktabda işlab turgan öqituvçilar öz darslarini qoldirib, tayyorlov guruhlariga yuborilmaydi. Koeffitsiyenti yuqori maktablarda tayyorlov guruhlari taşkil etilmaydi;
➖ davlat maktablari va boğçalarida tayyorlov maşğulotlari bepul böladi. Xususiy taʼlim taşkilotini tanlaş ota-onalarning ixtiyorida;
➖ barça tayyorlov guruhlarida bir xil dastur asosida taʼlim beriladi. Bolalarga öyin metodikasi orqali dastlabki tuşunçalar singdiriladi, öqiş va yoziş könikmalari şakllantiriladi.
ℹ️ Hozirda 6 yoşli bolalarning 98 foizi maktabga tayyorlov bilan qamrab olingan, 7 yil oldin bu körsatkiç 37 foiz edi. Vazirlik endilikda asosiy eʼtibor taʼlim sifati va pedagoglar malakasiga qaratilişini maʼlum qildi.
Qamrovni 100 foizga yetkaziş uçun taxminan 800 ta guruh va 20 mingga yaqin qöşimça örin yaratişga ehtiyoj yuzaga keladi. Bu xarajatlar 2027-yilgi byudjetda nazarda tutiladi.
Taʼlim dasturlari bosqiçma-bosqiç xalqaro talablarga moslaştirib boriladi. Dastur xalqaro akkreditatsiyadan (ISCED-1 darajasi) ötganidan söng Foundation öqişga zarurat qolmaydi.
👉 @xushnudbek 👈


