Tuşuntiriş

Bir yil davomida eng köp qadam yurgan fuqarolar qimmatbaho sovğalar bilan taqdirlanişi mumkin

Matn4-noyabr, 2026, 10:401 daqiqaTelegramʼdagi körişlar: 99,6 mingSaytdagi körişlar: 1

Bir yil davomida eng köp qadam yurgan fuqarolar qimmatbaho sovğalar bilan taqdirlanişi mumkin

“Ön ming qadam piyoda” aksiyasini ötkaziş va iştirokçilarni rağbatlantiriş tartibi böyiça hujjat loyihasi jamoatçilik muhokamasiga qöyildi.

Loyihaning asosiy jihatlari:

➖ aksiyada faqat 18 yoşga tölgan va undan katta Özbekiston fuqarolari iştirok etişi mumkin;

➖ iştirok etiş ixtiyoriy bölib, fuqarolar “Ekofaol fuqaro” platformasi orqali röyxatdan ötişi kerak;

➖ sovrinli örinlarga daʼvogarlik qiliş uçun bir yil davomida har kuni kamida 10 ming qadam yuriş talab etiladi;

➖ respublika böyiça eng köp qadam yurgan 1-, 2- va 3-örin egalari qimmatbaho sovğalar bilan taqdirlanadi;

➖ Qoraqalpoğiston Respublikasi, Toşkent şahri va har bir viloyatda yuqori natija körsatgan iştirokçilar ham alohida taqdirlanadi;

➖ elektron yuguriş yölagi, avtomobil, velosiped, samokat yoki boşqa texnik vositalar yordamida qadam yiğiş taqiqlanadi;

➖ qadamlar sonini sunʼiy oşirgan fuqarolarning natijalari bekor qilinadi va ular aksiyadan çetlaştiriladi;

➖ ğoliblar har yili dekabr oyida Ekologiya va iqlim özgarişi milliy qömitasi huzuridagi jamğarma hisobidan taqdirlanadi.

⌛️ Muhokama 13-noyabrga qadar davom etadi.

👉 @xushnudbek 👈

Telegram

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

@xushnudbek763 ming obunaçi

Şu postdan oldin

  1. Toşkentning Şimoliy vokzali röparasida 65 metrli Özbekiston bayroğini örnatiş rejalaştirilmoqda

    Telegramʼdagi körişlar: 107 ming2 daqiqa

  2. Ikki yil oldin çöl edi bu yerlar

    Telegramʼdagi körişlar: 118 ming2 daqiqa

  3. ÖFA Fabio Kannavaroning milliy terma jamoa boş murabbiyligidan ketişi haqidagi xabarlarni rad etdi

    Telegramʼdagi körişlar: 119 ming1 daqiqa

Yana öqing