Toşkentning Şimoliy vokzali röparasida 65 metrli Özbekiston bayroğini örnatiş rejalaştirilmoqda

Albom4-noyabr, 2026, 09:072 daqiqa0 köriş

🇺🇿 Toşkentning Şimoliy vokzali röparasida 65 metrli Özbekiston bayroğini örnatiş rejalaştirilmoqda

Keça, 3-noyabr kuni Taras Şevçenko köçasining Nukus köçasidan Turkiston köçasigaça bölgan qismini zamonaviy sayilgoh va gastronomik köçaga aylantiriş, loyihasi yuzasidan jamoatçilik eşituvi bölib ötdi.

Loyihaning umumiy maydoni 30 ming 975 kvadrat metrni taşkil etadi. Hududda 2 ming 770 kvadrat metr kökalamzorlaştiriş maydoni barpo etiş, 154 tup manzarali buta ekiş, şuningdek, qöşimça 74 tup dekorativ buta uçun maydon ajratiş közda tutilgan.

Şuningdek, 2 ta favvora, 10 ta savdo şoxobçasi, 48 ta avtomobilga möljallangan avtoturargoh taşkil etiş hamda mavjud avtoturargohni rekonstruksiya qiliş rejalaştirilgan.

Bundan taşqari, “Tanga haykali” nomi bilan maşhur bölgan sobiq “Toşkent gerbi” monumenti örnida balandligi 65 metr bölgan Özbekiston Respublikasi davlat bayroği ustunini örnatiş taklifi ham muhokama qilindi.

ℹ️ Maʼlumot uçun, “Toşkent gerbi” monumenti Şimoliy vokzal qarşisidagi maydonga 1996-yilda örnatilib, 2018-yilda olib taşlangan edi.

👉 @xushnudbek 👈

Telegram

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

@xushnudbek768 ming obunaçi