Ilk bor 50 ta sunʼiy intellekt modeli örtasida «Zakovat» böyiça Özbekiston çempionati ötkaziladi

Video28-noyabr, 2026, 21:402 daqiqaTelegramʼdagi körişlar: 78 mingSaytdagi körişlar: 1

Ilk bor 50 ta sunʼiy intellekt modeli örtasida “Zakovat” böyiça Özbekiston çempionati ötkaziladi

29-noyabr kuni “Zakovat” böyiça Özbekiston çempionatida 62 ta professional jamoa iştirok etadi. Ğolib jamoaga 100 mln söm beriladi.

Şu kuni ilk bor sunʼiy intellekt modellari örtasida ham çempionat ötkaziladi. Bilimdonlar va sunʼiy intellekt modellariga bir xil savollar beriladi, öylaş uçun bir daqiqa vaqt ajratiladi. Internetdan qidiriş mumkin emas, AI modellar oflayn rejimda işlaydi.

Har bir modelning javoblarini köriş, şuningdek, bilimdonlar va sunʼiy intellekt modellarining töğri javoblari foizini taqqoslaş mumkin böladi.

Çempionat natijalarini turnirlar.uz sayti orqali kuzatib boriş mumkin.

👉 @xushnudbek 👈

Telegram

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

@xushnudbek692 ming obunaçi