Diplomatiya

Özbekistonning Mozori Şarifdagi konsulxonasi Boş konsulxona maqomiga kötariladi

Matn28-noyabr, 2026, 15:011 daqiqaTelegramʼdagi körişlar: 96,8 ming

Taşqi işlar vazirligi maʼlumotiga köra, Prezidentning tegişli farmoni bilan 2026-yil 1-dekabrdan Afğonistonning Mozori Şarif şahridagi Özbekiston konsulxonasi Boş konsulxona sifatida qayta taşkil etiladi.

Bundan közlangan maqsad ikki mamlakat örtasidagi savdo-iqtisodiy va transport-logistika aloqalarini rivojlantiriş, konsullik xizmatlari samaradorligini oşiriş hamda Özbekiston fuqarolari va tadbirkorlarining manfaatlarini himoya qiliş imkoniyatlarini kengaytirişdan iborat.

ℹ️ Maʼlumot uçun, Afğonistonning Termizdagi diplomatik vakolatxonasi ham Boş konsulxona maqomiga ega.

👉 @xushnudbek 👈

Telegram

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

@xushnudbek692 ming obunaçi