Muhim

Havo sifati yomonlaşganda avtomobillar harakatini toq va juft raqamlar asosida çeklaş taklif qilinmoqda

Matn28-noyabr, 2026, 21:101 daqiqaTelegramʼdagi körişlar: 82,3 mingSaytdagi körişlar: 2

❗️Havo sifati yomonlaşganda avtomobillar harakatini toq va juft raqamlar asosida çeklaş taklif qilinmoqda

Ekologiya va iqlim özgarişi milliy qömitasi atmosfera havosi sifati yomonlaşganda köriladigan çora-tadbirlar böyiça hukumat qarori loyihasini jamoatçilik muhokamasiga qöydi.

Loyihaga köra, havo sifati yomonlaşgan davrlarda quyidagi çoralarni köriş nazarda tutilmoqda:

🔹avtomobillarning davlat raqamiga mos ravişda toq va juft sanalarda harakatlanişini belgilaş (elektromobillar va maxsus transport vositalari bundan mustasno);

🔹viloyat va şahar markazlarida oğir yuk taşuvçi transport vositalari harakatini vaqtinça çeklaş;

🔹şahar markazlari va aholi ziç joylaşgan hududlarda quriliş işlarini vaqtinça çeklaş;

🔹havoning ifloslaniş darajasi “qizil” va “binafşarang” toifaga yetganda ayrim korxonalarning işlab çiqariş quvvatlarini vaqtinça pasaytiriş;

🔹noqulay meteorologik şaroitlarda energetika korxonalarida mazutdan foydalanişni taqiqlaş (avariyaviy va tegişli favqulodda vaziyatlar bundan mustasno);

🔹şaharlardagi barça favvoralarning uzluksiz işlaşini taʼminlaş, köçalar va yaşil hududlarni namlantiriş işlarini kuçaytiriş.

Şuningdek, Soğliqni saqlaş vazirligi taʼlim muassasalarida oçiq havo maşğulotlarini vaqtinça bekor qiliş, ommaviy tadbirlarni çeklaş va zaruratga köra davlat taşkilotlarini masofaviy iş rejimiga ötkaziş böyiça hukumatga taklif kiritib boradi.

Havo sifatini baholaşning beş darajali milliy indeksini joriy etiş ham taklif qilinmoqda. Havo sifati “qizil” va “binafşarang” darajaga yetganda aholiga SMS orqali ogohlantiriş yuborilişi nazarda tutilmoqda.

⌛️Loyiha muhokamasi 12-dekabrgaça davom etadi.

👉 @xushnudbek 👈

Telegram

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

@xushnudbek692 ming obunaçi