Mast holda takroran avtomobil boşqarganlik uçun 2 yilgaça ozodlikdan mahrum qiliş jazosi belgilanmoqda
❗️Mast holda takroran avtomobil boşqarganlik uçun 2 yilgaça ozodlikdan mahrum qiliş jazosi belgilanmoqda
Senat yöl harakati xavfsizligini taʼminlaşga qaratilgan qonunni maʼqulladi.
Unga köra:
➖ mast holda transport vositasini takroran boşqarganlik uçun 1 yildan 2 yilgaça ozodlikdan mahrum qiliş;
➖ voyaga yetmaganlarga transport vositasini boşqarişni topşirganlik uçun maʼmuriy tartibda 50 BHM (22 mln söm) jarima yoki 15 sutkagaça qamoq jazosi belgilanmoqda. Agar buning oqibatida örtaça oğir yoki oğir tan jarohati yetkazilsa, turli jazolar, jumladan, 3 yilgaça, odam ölimi yoki boşqa oğir oqibatlar yuz berganda esa 3 yildan 5 yilgaça ozodlikdan mahrum qiliş nazarda tutilmoqda.
Şuningdek, belgilangan tezlikni:
🔹40 kilometrdan ortiq oşirganlik uçun — 25 BHMgaça (11 mln söm) jarima;
🔹60 kilometrdan ortiq oşirganlik uçun — 45 BHMgaça (19 mln 800 ming söm) jarima;
🔹80 kilometrdan ortiq oşirganlik uçun — 65 BHM (28 mln 600 ming söm) jarima va 6 oyga transport vositasini boşqariş huquqidan mahrum qiliş nazarda tutilmoqda.
Bundan taşqari, yöl bezoriligi, noqonuniy avtomobil poygalari, drift va xavfli manyovrlar uçun ham javobgarlik kuçaytirilmoqda.
👉 @xushnudbek 👈
- 5 Telegram Stars


